Asosiy vazifalar Xalqaro Yevropa Universitetining sport va sog‘lomlashtirish sohasidagi asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- shaxsning uyg‘un rivojlanishiga, faol fuqarolik pozitsiyasiga va milliy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish, ijtimoiy salbiy xulq-atvorning oldini olish;
- talabalar va universitet xodimlarining ruhiy, psixologik, jismoniy va ma’naviy salomatligini saqlash;
- jismoniy madaniyat va sport vositalari orqali har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash;
- talabalar va xodimlarni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, muntazam jismoniy mashg‘ulotlar va sport bilan shug‘ullanish orqali sog‘lig‘ini mustahkamlash jarayoniga jalb etish;
- sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va bu tamoyillarni o‘qish, mehnat, kundalik hayot va dam olish jarayonlariga tatbiq etish;
- talabalarda harakat faolligiga ehtiyojni shakllantirish, uni sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi va hayotda muvaffaqiyat kaliti sifatida qaror toptirish;
- turli sport turlari bo‘yicha havaskor sport birlashmalari, seksiyalar va jamoalarni tashkil etish;
- sport mahoratini oshirish, universitet terma jamoalarini musobaqalarga tayyorlash va yuborish bo‘yicha ishlarni olib borish;
- dam olish uchun rekreatsion zonani tashkil etish va xizmat ko‘rsatish, universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish;
- universitet talabalari uchun botanika va farmakognoziya fanlari bo‘yicha o‘quv-amaliyot bazasini yaratish; o‘simliklar kolleksiyasini tuzish, saqlash va boyitish;
- botanika, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘simlikshunoslik, seleksiya, dekorativ bog‘dorchilik va landshaft arxitekturasi sohalaridagi yutuqlarni talabalar va xodimlar o‘rtasida ommalashtirish;
- sog‘liqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarida pullik xizmatlar ko‘rsatish.




MEUda talaba va xodimlarning sog‘lomlashtirish, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ko‘p qirrali manfaatlarini qondirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan;
- sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni o‘quv, mehnat, maishiy va dam olish tizimiga kiritish;
- o‘quv-trenirovka, uslubiy, tarbiyaviy va ommaviy sport ishlarini tashkil etish va o‘tkazish, massoviy fizкультурно-оздоровительных va sport tadbirlarini, treninglar, seminarlar, konferensiyalar, kongresslar, brifinglar, davra suhbatlarini o‘tkazish, ular orqali ruhiy, psixologik, jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik masalalarini yoritish;
- sport seksiyalari, guruhlar, terma jamoalar va sport klublaridagi mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish, nazorat qilish va sportchilar mahoratini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish;
- sog‘lomlashtirish va sport faoliyatining yangi, ommabop texnologiyalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, rekreatsion va reabilitatsion ishlarning yangi shakllarini joriy etish;
- davlat ijtimoiy standartlari va me’yorlariga oid takliflar ishlab chiqish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish faoliyatini amalga oshirishda yangi metodlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishda ishtirok etish;
- aholining turli qatlamlari jismoniy sog‘lig‘i darajasini monitoring qilish, talaba va xodimlarni ommaviy sport turlariga jalb etish;
- xalqaro tashkilotlar va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni rivojlantirish, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini birgalikda tashkil etish;
- o‘quv va dam olish uchun mo‘ljallangan to‘laqonli park landshaftini yaratish, issiqxonalar, gulzorlar va boshqa tabiiy elementlar asosida uni boyitish.
Bundan tashqari, talaba va o‘qituvchilar sport zalida va stadionda mashg‘ulotlar bilan bir qatorda, fitnes, pilates, step-aerobika va shunga o‘xshash yo‘nalishlarda mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega.
